sahiyfa
Sahiyfa va formalar platformasi

Sizga sayt emas — sahiyfa kerak.

Biznesingiz haqida bitta sahiyfa va arizalarni Telegramingizga yuboradigan forma. Dasturchisiz, serverlarsiz — bir necha daqiqada.

sahiyfa.uz/

Tayyor bo‘lgach, havolani Instagram, Telegram yoki vizitkangizga qo‘ying.

Siz o‘ylaysiz… aslida esa

Ko‘pchilikka sayt ham, bot ham kerak emas.

Kerak bo‘lgani — odamlar sizni topadigan bitta havola va ular ariza qoldiradigan bitta forma.

Siz o‘ylaysiz«Menga sayt kerak»
  • Dizayner
  • Dasturchi
  • Hosting
  • Domen
  • Oylab kutish
Aslida esa

Bitta sahiyfa

Kimligingiz, xizmatlar, narxlar, manzil va «Bog‘lanish» tugmasi — bitta havolada.

sahiyfa.uz/nomingiz
Siz o‘ylaysiz«Telegram-bot yasatishim kerak»
  • Dasturchi
  • Server
  • Texnik xizmat
  • Har o‘zgarishga to‘lov
Aslida esa

Forma + Telegram

Mijoz formani to‘ldiradi — ariza botimiz orqali to‘g‘ri Telegramingizga keladi. O‘z botingizni yasash shart emas.

Ism · Telefon · Izoh → Telegram
Qanday ishlaydi

Uch qadam — sahiyfangiz tayyor.

  1. Nom tanlang

    sahiyfa.uz/nomingiz — manzilingiz shu zahoti band.

  2. Bloklarni qo‘shing

    Matn, rasm, narxlar va forma — tayyor bloklardan yig‘ing.

  3. Havolani ulashing

    Arizalar Telegramingizga keladi. Siz faqat javob berasiz.

Misollar

Kimlar uchun?

  • /shirin-non

    Nonvoyxona va kafe

    Menyu, narxlar va buyurtma formasi.

  • /english-club

    O‘quv markazi

    Kurslar ro‘yxati va yozilish formasi.

  • /usta-aziz

    Usta va xizmatlar

    Xizmatlar, ish namunalari va chaqiruv formasi.

  • /nilufar-beauty

    Go‘zallik saloni

    Xizmatlar narxi va qabulga yozilish.

Bitta sahiyfa yetarli.

Nomingizni band qiling — qolganini bugun kechqurungacha yig‘ib ulgurasiz.

Sahiyfa ochish